Sayohat — bu yangi taassurotlar, dam olish va o‘zingizni yangilash imkoniyati. Ammo hatto eng puxta rejalashtirilgan safar ham kutilmagan holatlarga olib kelishi mumkin. Chet elda kasallik, reysning bekor qilinishi yoki bagajning yo‘qolishi – bularning barchasi sayohatingizni buzibgina qolmay, katta moliyaviy yo‘qotishlarga ham sabab bo‘lishi mumkin. Shu bois sayohat sug‘urtasi shunchaki qog‘oz emas, balki o‘z xavfsizligingizning kafolatidir.

Ko‘plab davlatlarga kirish uchun sayohat sug‘urtasi majburiy hisoblanadi. Masalan, Shengen vizasini olish uchun sizda kamida 30 000 yevro miqdoridagi sug‘urta qoplamasi bo‘lgan polis bo‘lishi kerak. Hatto ayrim mamlakatlar buni talab qilmasa ham, masalan, AQSh, Yaponiya yoki Koreya kabi davlatlarda tibbiy xizmatlar qimmatligi bois sug‘urta juda zarur bo‘lishi mumkin.

Sayohat sug‘urtasi sizni quyidagi holatlardan moliyaviy jihatdan himoya qiladi: favqulodda tibbiy yordam, kasalxonaga yotqizish, baxtsiz hodisa, bagaj yo‘qolishi yoki kechikishi, reysning bekor qilinishi yoki hatto COVID-19 tufayli karantinga tushish.

Ayniqsa, sayohatga bolalar bilan chiqayotganlar, surunkali kasalliklarga ega bo‘lganlar yoki faol dam olishni rejalashtirayotganlar uchun sug‘urta alohida ahamiyatga ega.

To‘g‘ri sug‘urta polisni tanlash uchun quyidagilarga e’tibor bering: boriladigan mamlakat, safar davomiyligi, sayohat maqsadi (dam olish, xizmat safari, ta’lim, sport musobaqalari), shuningdek, siz uchun muhim bo‘lgan qo‘shimcha kafolatlar. Ishonchli sug‘urta kompaniyalari sizga mos variantlarni taklif qiladi va kerakli variantlarni polisga qo‘shish imkonini beradi — masalan, bagaj sug‘urtasi yoki yuridik yordam.

Hozirda sug‘urtani rasmiylashtirish juda oson. Semurg Insurance sizga to‘liq onlayn tarzda polis olish imkonini beradi: anketani to‘ldiring, hisob-kitobni oling, to‘lovni amalga oshiring va elektron polisni email yoki Telegram orqali qo‘lingizga oling. Hammasi — uydan chiqmasdan.

Sug‘urtaning narxi boriladigan davlat va sayohat davomiyligiga qarab farqlanadi. Odatda, polislar 50 000 so‘mdan boshlanadi — bu esa sayohat vaqtida yuzaga keladigan muammolarga qaraganda ancha arzonga tushadi.

Semurg Insurance orqali siz nafaqat arzon narxda, balki ishonchli himoyani ham qo‘lga kiritasiz. Elektron polislar viza olish uchun mos, mijozlarni qo‘llab-quvvatlash esa 24/7 ishlaydi — sizga qayerda bo‘lishingizdan qat’i nazar yordam ko‘rsatishga tayyor.

Sayohatingizni himoya qilishni ertaga qoldirmang. Bugunoq sug‘urta polisini rasmiylashtiring va yo‘lga ishonch bilan chiqing. Chunki sayohat — faqat samolyotdan emas, o‘zingizni xotirjam his qilishdan boshlanadi.