2020 yil
• Ta’sischilarning umumiy yig‘ilishida qabul qilingan qaror asosida Semurg Insurance sug‘urta kompaniyasi tashkil etildi.
• Boshlang‘ich ustav kapitali miqdori 35 mlrd so‘m etib belgilandi.
• Ixtiyoriy sug‘urtaning 17 turi bo‘yicha faoliyat olib borish litsenziyasi olindi.
2021 yil
• Kompaniyaning zamonaviy rasmiy veb-sayti ishga tushirildi.
• O‘zbekistonning bir nechta hududlarida sug‘urta xizmatlari markazlari faoliyat boshladi.
• Ixtiyoriy va majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha faoliyat yuritish imkonini beradigan yangi litsenziya rasmiylashtirildi.
• Xodimlar soni sezilarli darajada ko‘paytirildi.
• Agrosug‘urta yo‘nalishi yo‘lga qo‘yildi.
2022 yil
• Bosh direktor lavozimiga Rahim Karimovich Qodirov tayinlandi.
• Kompaniya filiallari tarmog‘i respublika bo‘ylab kengaytirildi.
• Agrosug‘urta bo‘yicha ilk xalqaro konferensiya — “AGRO INSURANCE CONFERENCE” o‘tkazildi.
2023 yil
• Kompaniyaning ustav kapitali 45 mlrd so‘mgacha oshirildi.
• Milliy reyting agentligi Standard and Sensetive Ratings tomonidan ishonchlilik va to‘lov qobiliyati bo‘yicha A+ reytingi berildi.
• Agrosug‘urta bo‘yicha ikkinchi xalqaro konferensiya — “AGRO INSURANCE CONFERENCE” tashkil etildi.
• Standard and Sensetive Ratings versiyasi bo‘yicha ishonchlilik va to‘lov qobiliyati reytingi AA+ darajasiga ko‘tarildi.
• Sifat menejmenti tizimiga muvofiqlik sertifikati qo‘lga kiritildi.