Kompaniya haqida

Semurg Insurance tarixi va jamoasi

Biz haqimizda

Ishonch va himoya — 2020-yildan beri

Semurg Insurance — O'zbekiston Respublikasida Moliya vazirligi litsenziyasi asosida faoliyat yurituvchi sug'urta kompaniyasi. Biz mijozlarimiz va hamkorlarimiz oldidagi barcha majburiyatlarni qat'iy bajaramiz.

Har bir mijoz noyob. Shuning uchun individual yechimlar ishlab chiqamiz: jismoniy shaxslar uchun KASKO, sayohat, mulk, DMS; yuridik shaxslar uchun OSGOR, OSGOP, OSGOVTS, lizing va garov mulki sug'urtalari.

Onlayn sug'urta Toshkent va barcha viloyatlar bo'yicha: RPS integratsiyasi, masofaviy xizmat, polis yetkazib berish, onlayn zarar ko'rib chiqish. Qo'ng'iroq markazi 1251 — 24/7.

Xalqaro qayta sug'urta hamkorlari: Swiss Re, Hannover Re, SCOR SE. Bu murakkab xavflarni xalqaro standartlarda qoplash imkonini beradi.

Faoliyat O'zbekiston Respublikasining "Sug'urta faoliyati to'g'risida"gi Qonuni (O'RQ-400) va Markazi bank nazorati doirasida amalga oshiriladi.

2020Tashkil etilgan yil
AAA−Ishonchlilik reytingi
45 mlrdUstav kapitali, so'm
ISO 9001Sifat sertifikati
100+Sug'urta mahsuloti
14Viloyatda filial

Tarix

Bizning rivojlanish yo'limiz

2020

Boshlanish

Tasischilarning umumiy yigʻilishi qaroriga koʻra Semurg Insurance tashkil etildi. Boshlangʻich ustav kapitali 35 mlrd soʻm boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan 17 turdagi ixtiyoriy sugʻurta litsenziyasi olindi.

2021

Kengayish va raqamlashtirish

Mijozlarga yanada yaqin boʻlish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida filiallar hamda sugʻurta xizmat markazlari ochildi. Rasmiy sayt ishga tushirildi. Shu yili majburiy sugʻurta litsenziyasi ham qoʻlga kiritildi va agrosugʻurta yoʻnalishi yoʻlga qoʻyildi.

2022

Yangi rahbariyat

Bosh direktor etib Kadirov Raxim Karimovich tayinlandi. Filiallar tarmogʻi butun respublika boʻylab yanada kengaytirildi. Birinchi xalqaro AGRO INSURANCE CONFERENCE muvaffaqiyatli oʻtkazildi.

2023

AA+ reyting va ISO

Ustav kapitali 45 mlrd soʻmga yetkazildi. Standard & Sensitive Ratings kompaniyamizga AA+ reytingini berdi. Shu bilan birga, ISO 9001:2015 sifat sertifikati olindi.

2024

AAA− reyting

2023-yil yakunlari boʻyicha toʻlov qobiliyati va ishonchlilik reytingi AAA− darajasiga koʻtarildi — bu bozordagi eng yuqori koʻrsatkichlardan biri hisoblanadi.

2025

Innovatsion tayyorgarlik

Semurg Insurance 2025-yilda mijozlarga xizmat koʻrsatish sifatini yanada oshirishga eʼtibor qaratdi. Raqamli transformatsiya jarayonlari chuqurlashtirildi, yangi IT infratuzilma joriy qilindi va sugʻurta mahsulotlarini onlayn sotish imkoniyatlari kengaytirildi.

2026

Innovatsiyalar davri

Bugungi kunda Semurg Insurance jismoniy va yuridik shaxslar uchun taklif qilayotgan sugʻurta mahsulotlari 100+ dan oshdi. Onlayn platforma va Semurg AI yordamchisi orqali mijozlarga tezkor va qulay xizmat koʻrsatmoqda.

Rahbariyat

Boshqaruv jamoasi

Kadirov Raxim Karimovich

Bosh direktor

Kadirov Raxim Karimovich

Kompaniyaning strategik rivojlanishi, xalqaro hamkorlik va umumiy boshqaruviga mas'ul.

Yusupov Xusniddin Baxridinovich

Bosh direktorning birinchi oʻrinbosari

Yusupov Xusniddin Baxridinovich

Hujjatlar

Litsenziya va sertifikatlar

Tuzilma

Kompaniya tuzilmasi

Boshqaruv kengashi
Bosh direktor apparati
Sug'urta bo'yicha blok
Moliya va IT bloki
Aktuariya va underwriting
Sug'urta hodisalari bo'limi
Mijozlar xizmati (1251)
Huquqiy departament
Xalqaro qayta sug'urta
Agrosug'urta yo'nalishi
Filial tarmog'i (14 viloyat)
Agentlik tarmog'i