Bosh sahifa › Qo'llanmalar › Sug'urta hodisasi yuz berganda nima qilish kerak
Sug'urta hodisasi yuz berganda nima qilish kerak
Hodisa yuz berganda eng muhimi — vaqtida xabar berish. Quyida tartibni bosqichma-bosqich ko'rsatamiz.
1-qadam: darhol xabar bering
Hodisadan keyin 24 soat ichida 1251 raqamiga qo'ng'iroq qiling. 24/7 yordam liniyasi: +998 97 144 12 51.
Kechikish to'lovni rad etishga sabab bo'lishi mumkin — shuning uchun avval xabar bering, keyin qolgan ishlar bilan shug'ullaning.
2-qadam: hodisa joyini saqlang
- Avtomobilni ko'chirmang (agar yo'l harakatiga xalaqit bermasa)
- Har tomondan surat oling — umumiy ko'rinish, zarar joyi, davlat raqami
- Yo'l-transport hodisasi bo'lsa — YHXX chaqiring va dalolatnoma rasmiylashtiring
3-qadam: hujjatlarni topshiring
- Ariza (belgilangan shakl bo'yicha)
- Sug'urta polisi
- Shaxsni tasdiqlovchi hujjat
- Hodisa turiga qarab: YHXX dalolatnomasi, tibbiy xulosa, politsiya ma'lumotnomasi
4-qadam: ekspertiza
Mutaxassis zararni baholaydi. Ekspertiza natijasi bo'yicha to'lov summasi aniqlanadi.
5-qadam: to'lov
To'lov qonunchilikда belgilangan muddatда amalga oshiriladi. Jarayon holatini 1251 orqali kuzatishingiz mumkin.
Majburiy sug'urta turlari bo'yicha muhim eslatma
Majburiy sug'urta turlari (TVEFJMSQ, TFJMSQ, IBFJMSQ, qurilish-montaj, notarius, XICHO) bo'yicha majburiyatlar «ALSKOM SUG'URTA KOMPANIYASI» AJga o'tkazilgan. Shu turlar bo'yicha hodisa yuz bersa — +998 55 555-00-10 raqamiga murojaat qiling.
Ko'p beriladigan savollar
- Necha kun ichida xabar berish kerak?
- Sug'urta hodisasi yuz berganidan keyin 24 soat ichida 1251 raqamiga xabar bering.
- Kechikib xabar bersam nima bo'ladi?
- Kechikish to'lovni rad etishga asos bo'lishi mumkin. Agar uzrli sabab bo'lsa (masalan, kasalxonada bo'lgansiz), buni hujjat bilan tasdiqlash kerak.
- To'lov qancha vaqtда amalga oshiriladi?
- To'lov muddati qonunchilikда belgilangan va hujjatlar to'liq topshirilganidan keyin hisoblanadi. Aniq muddatni 1251 orqali bilib olishingiz mumkin.
Qisqa raqam 1251 · 24/7: +998 97 144 12 51 · [email protected]
Davom etish →